YAngi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham davlatning o'qituvchilar sha'ni va qadr-qimmatini himoyalash, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qilish borasidagi majburiyati kuchaytirildi. Bu, shubhasiz, o'qituvchilarning jamiyatdagi obro'-e'tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari yaqinda maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi tizimini rivojlantirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Ushbu taqdimotda maktab ta'limini rivojlantirish, umumta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash, o'qituvchilarning ish haqini oshirish va ularni rag'batlantirishga doir ishlarni yangi bosqichga ko'tarishga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, boshlang'ich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi o'quv dasturi joriy qilinishi, yuqori sinflarda o'qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflar aro integratsiyasi ta'minlanishi ko'zda tutilmoqda.
SHuningdek, yangi o'quv yilidan informatika fani 1-sinfdan o'qitilishi, malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorda ustama to'lanishi belgilanmoqda. Ushbu islohotlardan asosiy maqsad esa ta'lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, jamiyatimizda muallimning obro'e'tibori, o'rni va ta'sirini kuchaytirishdir. YAqin yillardan buyon davlatimiz rahbarining umumiy o'rta ta'lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrik yo'llashi ajoyib an'ana tusiga kirdi.
Kuni kecha ham mana shu tabrikning navbatdagisi e'lon qilindi va “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlarida o'qib eshittirildi. Bu qutlov nafaqat ko'zi porlab, katta hayotga qadam qo'yish ostonasidagi yigitqizlarni, balki biz, o'qituvchi-murabbiylarni ham behad ruhlantirmoqda. Zimmamizdagi mas'uliyat zalvori va ahamiyatini eslatmoqda. Prezidentimiz har gal muallimlarga murojaatida xalqning farzandlari biz, ustozlarga ishonib topshirilganiga alohida e'tibor qaratadi. SHu bilan birga, o'g'il-qizlarga sifatli ta'limtarbiya berishimiz uchun keng imkoniyatlarni muhayyo etmoqda.
Bu sharoitlar qonunchilikdan tortib amaliy sa'y-harakatlargacha o'z ifodasini topmoqda. Prezidentimizning bitiruvchilarga qarata: “Sizlarning jamiyatda munosib o'rningizni egallashingiz uchun joylardagi hokimliklar, sektor rahbarlari, mahalla jamoatchiligi ham yaqin ko'makchi va maslahatchi bo'ladi. Bunday ezgu maqsad yo'lida ularning eshiklari doimo sizlar uchun ochiqdir.
Ishonchim komilki, sizlar yaratilgan ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, kattakatta firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilib, o'z bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shasiz”, degan so'zlari yoshlarni o'qish, izlanish, yangi zafar marralari sari dadil qadam tashlashga undaydigan yuksak ishonchdan dalolatdir.