Ziroat Mirziyoyeva Margʻilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi

    Festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Margʻilondagi “Zamin Creative” studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

    Media yoʻnalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda “Nigoh” koʻrgazmasini tayyorladi.

    Yosh aktyorlar oʻzlarining sahna koʻrinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni koʻtardilar.

    Yosh dizaynerlar “birgalikda, bir butun boʻlish” gʻoyasini asos qilib, milliy quroq usuli, yaʼni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish anʼanasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

    Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish sari yoʻlda toʻliq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.