Лого Лого-пв-уз

    Zlatan “Milan”dan ketadi

    U faoliyatini “Montsa”da davom ettirishi mumkin

    Evropa futbolidagi eng keksa futbolchilardan biri, “Milan” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mavsum yakunida jamoani tark etadi.

    “A Seriyaning so'nggi turi “Milan” – “Verona” uchrashuvidan so'ng “San-Siro”da muxlislar Zlatan Ibrahimovich bilan xayrlashadi”, deb yozdi klub matbuot xizmati

    Hujumchi 2020 yilda “Milan”ga qaytgan va Italiya chempionligini qo'lga kiritgan edi. U bu mavsumda sog'lig'idigi muammolar tufayli jamoa safida atigi 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

    Matbuot xabarlariga qaraganda, 41 yoshli shvedning xizmatiga “Montsa” qiziqmoqda.