Shvetsiyalik hujumchiga boshqa klublardan takliflar bo'ldi, ammo u professional futbolchilik faoliyatini davom ettirmaslikka qaror qildi. Zlatan Ibragimovich faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Ibragimovich 2020-yil boshida ikkinchi bor “Milan” futbolchisiga aylangandi va 2021/2022-yilgi mavsumda Skudettoni qo'lga kiritdi. Shvetsiyalik jarohatlar tufayli deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi – atigi 4 marta maydonga chiqdi va 1 ta gol urdi. Bundan oldin Zlatan “Malmyo”, “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “PSJ”, “Manchester Yunayted” va “Los-Anjeles Gelaksi” klublarida o'ynagan. U Shvetsiya terma jamoasi safida 122 ta o'yin o'tkazib, 62 ta gol urgan, deb xabar beradi football24.ua.