Joriy yilning 27-aprelida Prezidentning “Jizzax viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta'minlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy hududlar egallagan yerlar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yaxshilash maqsadida Bosh prokuratura, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasining Bosh prokuratura tizimida 8 nafar shtat birligidan iborat bo'lgan Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va erlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo'yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.