Zominda 60 nafar yoshlarga 1 gektardan yer ajratildi

    Keyingi avlod 20 Yanvar 2021 663

    Zomin tumaniga Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari Botir Parpiyev tashrifi kutilmagan sovgʻalarga boy boʻldi.

    Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, vazir oʻrinbosari Kultepa va Peshagʻor qishlogʻi aholisi bilan uchrashib, ularning taklif va murojaatlarini eshitdi.

    Jumladan, Peshagʻor qishlogʻida oʻtgan uchrashuvda, Zomin tumani hokimi tomonidan tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan kam taʼminlangan, dehqonchilik sohasida bilim va koʻnikmaga ega hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 60 nafar yoshlarga A.Navoiy QFY hududida 1 gektardan yer ajratilganligi eʼlon qilindi.

    – Bunday eʼtiborni kutmagan edim. Avvalo Muhtaram Prezidentimizga oʻz tashakkurimni bildirmoqchiman. Keyin bizga hech qanday toʻlovsiz, bupul asosda yer ajratib berayotgan tuman hokimligiga rahmat aytaman, – deydi Oʻ.Normatov.

    Tuman hokimining qaroriga koʻra, ushbu yoshlar endilikda belgilangan yer maydoniga 10 yil davomida egalik qilishadi. Hududga zaruriy poliz, sabzavot ekinlari ekish hamda suvni tejovchi texnologiyalarda foydalanish majburiyati yuklatilgan.

    Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati