Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yana-da rivojlantirish, aholi, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam taʼminlangan fuqarolar bandligini taʼminlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish belgilandi.
Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida jami 291 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Jumladan, sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalarida 98 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, bu orqali 3 269 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzlangan.
Tumanda 3 ta umumtaʼlim maktabi, Dashtobod shahrida 360 oʻrinli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi quriladi.
Tumandagi moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxatiga kiritilgan 395 nafar ishsiz aholining bandligini taʼminlash belgilangan.
Bundan tashqari, tuman boʻyicha jami 6 848 nafar (2020-yilda – 1 370, 2021-yilda – 5 478) ishsiz fuqarolar bandligi taʼminlanadi.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.