Zominda 70 oilaga 1 gektardan yer ajratib berildi

    Zomin tumani hokimining qaroriga binoan, davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan hamda dehqonchilik sohasida bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan 70 oilaga 1 gektardan yer ajratib berildi.

    Prezidentimizning 2020-yil 1-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suv zaxirasi mavjud boʻlgan yerlarni foydalanishga kiritish va ularni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlarda ajratib berish tartibi belgilangan.

    Zomin tumani hokimining qaroriga binoan, davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan hamda dehqonchilik sohasida bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan 70 oilaga 1 gektardan yer ajratib berildi. Ushbu yer maydonlarida yengil konstruksiyali dala shiyponi va sugʻorish inshootlarini barpo etishga ruxsat beriladi. Shuningdek, turar joy, bino va inshootlar qurish qatʼiyan man etiladi.

    Hozir ajratilgan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash orqali sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar ekilishi, bogʻ va tokzorlar barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Fuqarolar ushbu yer maydonlaridan 10 yil muddatda begʻaraz tarzda, yaʼni tekinga foydalanishi mumkin. Shu muddat ichida belgilangan ekin turlarini ekib, ish oʻrinlarini yaratgan fuqarolar yerdan foydalanish muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Xudoyberdi KARIMOV,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri