Ushbu dispanserda sil kasalligini tashxislash, sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish va profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Dispanser 40 oʻringa (20 oʻrin dorilarga sezgir, 20 oʻrin dorilarga turgʻun) silni davolashga moʻljallangan.
Dispanser nafaqat Zomin, balki qoʻshni Yangiobod, Zarbdor tumanlari aholisiga ham tibbiy xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, viloyat boʻyicha aniqlangan dorilarga turgʻun sil bilan kasallangan bemorlarga tibbiy statsionar xizmat koʻrsatadi.
Maʼlumot uchun, ushbu dispanser Zomin tumani Shirin QFY xushhavo Quduqcha qishlogʻida joylashgan. Dastlab, 1960-yilda hududda aholi orasida sil kasalligi avj olib ketganligi va oʻlim holatlari koʻpayganligi tufayli bemorlarni davolanishiga sharoit yaratish maqsadida eski bino bazasida tashkil etilgan. Buning natijasida aholi orasida sil kasalligi va undan oʻlim holatlarining keskin kamayishiga erishilgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Dispanser Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan zamonaviy tibbiy asbob uskunalari bilan jihozlandi.