Zominda veloseped hamda piyodalar uchun “Salomatlik yoʻlaklari” barpo etiladi

    Sport 17 Noyabr 2020 855

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi “2020-2022-yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyilgan.

    Shuningdek, qaror bilan Zomin davlat qoʻriqxonasi hududidan 419 gektar, Zomin milliy tabiat bogʻi hududidagi Suffa tekisligidan 281 gektar jami 700 gektar yer maydoni Zomin tumani hokimligi zaxira yer fondiga qaytariladi.

    Zomin davlat qoʻriqxonasi hududidagi yer maydonini saqlab qolish uchun qoʻriqxonaga tutash boʻlgan Baxmal oʻrmon xoʻjaligining “Toʻgʻonbuloq” boʻlimidagi oʻrmon bilan qoplangan hududdan 500 gektar yer maydoni Zomin davlat qoʻriqxonasi hisobiga oʻtkaziladi.