Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” turistik-rekreatsion zonasidagi osma dor yoʻli 12-avgustdan 18-avgustgacha ishlamaydi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

“Osma dor yoʻli faoliyati sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir yilda bir marotaba oʻtkaziladigan profilaktika ishlarini olib borish uchun vaqtincha toʻxtatilishini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Osma dor yoʻli 2023-yil avgustida ochilgan. Uning uzunligi 2102 metr boʻlib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat koʻrsatadi. 133,3 mlrd soʻmlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.