“Zoʻravonlikka chaqiruvchi kanallar Telegram, Google, Apple va butun sivilizatsiyalashgan dunyo qoidalarini buzgani uchun bloklanadi”, — deydi Durov. 

U misol tariqasida “Dogʻiston tongi” Telegram kanali bloklangani haqida maʼlumot berdi. Kanalda Respublika aholisini tartibsizliklar chaqiruvchi post joylangan. 

29-oktyabr kuni Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlardan norozi olomon Tel-Avivdan samolyot yetib kelganidan soʻng Maxachqalʼa aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagiga bostirib kirdi.

Toʻqnashuvlar oqibatida 20 dan ortiq kishi jarohatlangan, huquq-tartibot idoralari xodimlari ommaviy tartibsizliklar moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatgan. Dogʻiston Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, jarohatlanganlar orasida toʻqqiz nafar huquq-tartibot xodimlari ham bor, ulardan ikki nafariga tibbiy muassasada yordam koʻrsatilmoqda.

.