Aytish kerakki, shu kunlarda yurtimizda “Zoʻravonliklarga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida aksiya oʻtkazilmoqda. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik – bu "jins belgisiga asoslangan jismoniy, jinsiy yoki psixologik zararga olib keladigan yoki ayollarga aziyat yetkazadigan, shuningdek, bunday harakatlarning tahdidlari, jamiyat yoki shaxsiy hayotda boʻlsin, majburlash yoki ayollarga nisbatan zoʻravonlik – inson huquqlarining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biridir. U xotin-qizlarni tenglik, xavfsiz hayotdan mahrum qiladi, inson qadr-qimmatini yerga uradi va asosiy erkinliklarni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Shu bois, butun dunyoda bu muammoga qarshi kurash olib boriladi.
Oʻzbekistonda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Shu munosabat bilan ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida turli hil zoʻravonlikka duch kelgan xotin-qizlarni ruhiy qoʻllab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish, zoʻravonlikka qarshi targʻibot ishlarini kuchaytirish maqsadida jamoatchilik eʼtiborini ushbu masalaga jalb etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrganlar bilan ishlarni takomillashtirish maqsadida Prezidentimizning 2021-yil 19-maydagi qaroriga asosan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida 29 ta Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika markazi, shu jumladan, 1 ta Respublika markazi, 14 ta hududiy markazlar va 14 ta namunali tumanlararo markazlar tashkil etildi. Markazlarning asosiy vazifalaridan biri tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatishdan iborat.
2021-yilning 10 oyida Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 7226 nafar fuqarolar murojaat qilgan, ulardan 4518 ta holatda turli zoʻravonlik sodir etilgan. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrganlar bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun moʻljallangan 24 soat uzluksiz ishlaydigan “ishonch telefoni” ishlamoqda.