Bugun Oʻrta Chirchiq tumanida shu munosabat bilan klaster va fermer xoʻjaliklari vakillarining Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtmoqda.
Muloqotda sohadagi mavsumiy yumushlar, xususan, gʻoʻza parvarishini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashilib, soha mutasaddi va mutaxassislarining tavsiyalari tinglanmoqda.
Jumladan, dala ishlarini tashkil etish bilan bogʻliq muhim masalalar, yaʼni gʻoʻza maydonlarini begona oʻtlardan tozalash, vaqtida sugʻorishni tashkil etish kabi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan fermerlar faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda mazkur holatlarni ishchi guruh ishtirokida oʻrganish va dalalarda tushuntirish ishlari olib borish, natijasini kunlik muhokama qilib borish yuzasidan takliflar berildi.
Uchrashuvda gʻalla mavsumida belgilangan rejani ortigʻi bilan bajargan eng faol fermerlar viloyat rahbari tomonidan alohida eʼtirof etildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokmiligi Axborot xizmati.