O'rganish davomida rejadagi ishlarni yangi o'quv yili boshlangunga qadar sifatli va belgilangan reja asosida yakuniga yetkazish kerakligi, shuningdek, mazkur maktablarni badiiy va boshqa adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi, o'quv-tarbiya jarayoni yaratib berilayotgan sharoitlarga mos bo'lishi lozimligi aytib o'tildi.
Muloqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalash, qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlariga mos ravishda sifatli bajarilganligi ustidan doimiy nazorat olib borish yuzasidan tegishli mas'ullarga qo'shimcha topshiriqlar berildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.