Kecha musobaqa doirasida oʻgʻil bolalar oʻrtasida sablya yoʻnalishida bahslar tashkil etildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

U musobaqa davomida Kanada, Misr, Vengriya, Amerika va Germaniya vakillarini magʻlubiyatga uchratdi va jahon chempioni boʻldi.