Zero, tibbiyotda ham bu usul girudoterapiya (meditsina zuluklaridan davolash uchun foydalanish) atamasi bilan izohlanib, yaxshi samara beradi.

Xo'sh, zuluklardan qaysi kasalliklarni davolashda foydalanish mumkin?

Ulardan teri kasalliklari, ginekologik kasalliklar, LOR kasalliklari, kardiologiya (gipertoniya — qon bosimining ko'tarilishi, miokard infarkti)da, revmatologiya (revmatizm, artrit (bo'g'imning yallig'lanishi))da;

nevrologiya(nevrit (nervning periferik yallig'lanishi), parez (nimfalaj — tananing falajlangan qismida harakatning bir oz saqlanib qolishi))da foydalanish tavsiya etiladi.

Zuluk bilan davolanish seanslari qonning quyulishi (ivish) bilan bog'liq holatlarda, organizmda shish (o'sma)lar kuzatilganda, shuningdek homiladorlik vaqtida bekor qilinadi.