баннер
11 Apr 2025
03:38

    Ohangaronda yangi maishiy chiqindi poligoni atrofida “Yashil belbogʻ“ barpo etiladi

    Shu yil “Yashil makon“ umummilliy loyihasi bahorgi mavsumi doirasida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan shahar maishiy chiqindilarini qabul qiluvchi poligon atrofida “Yashil belbogʻ“ barpo etilishi rejalashtirilmoqda.

    Qayd etilishicha, mazkur ishlarni samarali tashkil etish maqsadida loyiha hujjatlari tayyorlanib, unga asosan koʻchat ekish uchun yer maydonlari tayyorlanib koʻchat zaxiralar keltiradi.

    Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokurori oʻrinbosari B.Iskandarov Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda joyiga chiqib olib borilayotgan ishlarni tashkil qildi.

    Unga koʻra, kelgusida sugʻorish tizimini tashkil qilgan holda koʻchat ekish uchun joylari hozirlandi. Ayni kunlarda masʼullar nazoratida bu borada qizgʻin ishlar davom etmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech