Samarqandlik o’quvchi tomonidan yaratilgan iqtisodiy model xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi

    Keyingi avlod 21 Fevral 2025 4390

    Shaxzod Usmonov 10-sinf o’quvchisi bo’lishiga qaramay 3 ta start-up loyihalarini yaratgan va o’z loyihlari bilan nafaqat mahalliy, balki xorijiy investorlarni jalb etishga ulgurgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarimiz tomonidan yaratilayotgan start-up loyihalarini yanada qo’llab quvvatlash hamda IT eksportini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo’yilgandi. Davlatimiz tomonidan yaratilib berilayatgan mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlardan biri Samarqand shahar 35-maktabi 10-sinf o’quvchisi Shaxzod Usmonov ilmiy rahbari Buyuk Britaniyaning Kembridj Universiteti bitiruvchisi Soliyev Muxammadxon bilan birgalikda “ta’lim sohasidagi tadbirkorlik subyektlarinining rivojlatirish’ bo’yicha yaratgan iqtisodiy modeli xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan yuqori baholandi.

    Jumladan, AQShning nufuzli Fowler Business Schoolning Xalqaro Strategiyalar va Loyihalar Departamenti rahbari Eddi Vest agar mazkur iqtisodiy model O’zbeksitonda emas, balki boshqa rivojlanaytagan mamlakatalrda ishlatilsa ham samaradorlik darajasi yuqori bo’lishini ta’kidladi.

    Iqtisodiy model yaratishda ilmiy rahbarlik qilgan xalqaro ekspert Soliyev Muxammadxon aytishicha, xuddi shunaqa loyihalar 2022-2023 yillda ko’plab AQSh va Yevropaning nufuzli olimlari tomonidan yaratilgan va Shaxzod Usmonov mana shu modelni qanday qilib shiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O’zbekiston sharoitida amalga tadbiq etishni ko’rsatib bergan. O’ylaymanki yaqin yillarda bizlarning olimlarimiz tomonidan ham xuddi shunga izlanishlar amalga oshiriladi, va ta’limga investitisiya kiritishning va ta’lim biznesini rivojlasnitishnig iqtisodiy konspesiyasi ishlab chiqiladi.