Samarqand shahar 35-maktabi o'quvchilari Samir Usmanov va Azimxon Akramovlar dunyoga mashhur MM Group xalqaro ta'lim konsorsiumi tomonidan texnologiya ta'limni keng yoyishga, zamonaviy texnologik echimlar orqali STEM va xorijiy tillarni o'rganishga qo'shgan hissasi uchun "EduTech–2025" nufuzli xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2025 yil boshida mamlakatimizda oliy ta'limni rivojlantirish bo'yicha o'tkazgan selektor yig'iishida ta'limni texnologik transformatsiya qilish, zamonaviy hamda ilg'or metodikalarni joriy qilishni alohida ta'kidlagan edi.
Mana shunday e'tibor natijasida davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalar asosida o'qitish, ta'lim standartlarini xalqaro andozalar asosida transformatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Samarqandlik maktab o'quvchilari 2025 yilda yaratilgan Key Links ta'lim platformasini Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib o'zbek o'quvchilari uchun taqdim etishdi. Mazkur ta'lim platformasi o'z ichiga komp`yuter o'yinlari (gamification) orqali bolalarning akademik savodxonligini oshirish uchun yaratilgan. endilikda Key Links platformasi o'zbek o'quvchilarga STEM va xorijiy tillarni zamonaviy texnologik echimlar orqali o'rganish imkonini beradi.

O'quvchilarga mazkur mukofotni olishda ilmiy rahbarlik qilgan xalqaro ekspert Muxammadxon Soliev aytishicha, oldinlari xalqaro platformalar bizga 3–5 yil o'tibgina kirib kelar va texnologik ta'limni tatbiq qilish bo'yicha mamlakatimiz jahon hamjamiyatidan orqada edi. Hozirgi kunda yoshlarimiz dunyoning narigi chekkasida yaratilgan dasturiy ta'minot yoki platformalarni o'sha paytning o'zida joriy etmoqdalar. Azimxon va Samir ham aynan mana shunday jonbozlik ko'rsatgani uchun platforma yaratuvchilari tomonidan nufuzli "EduTech–2025" mukofotini haqli qo'lga kiritishdi.








