Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar xizmatga kelishidan kamida ikki hafta oldin xabardor qilinadi.
Seshanba kuni ertalab Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) Bosh shtabi boshlig'i Eyal Zamir va boshqa bir qator yuqori martabali harbiy amaldorlar bilan uchrashdi. Yig'ilishda Kats G'azo shahrini to'liq nazoratga olishga qaratilgan rejani tasdiqladi.
8-avgust kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi xavfsizlik mahkamasi uning SAXALning G'azo shahrini egallash rejasini ma'qullaganini tasdiqladi. Amaliyot maqsadlari orasida HAMASni qurolsizlantirish, barcha garovga olinganlarni qaytarish, G'azo sektorini demilitarizatsiya qilish, G'azo sektorida xavfsizlikni Isroil tomonidan nazoratga olinishi, HAMAS yoki Falastin milliy ma'muriyatisiz fuqarolik hukumatini shakllantirish kiradi.
Biroq, bu rejalar Isroil ichida ham, xorijda ham tanqidga uchradi.
2023-yil 7-oktabrda HAMAS Isroilga hujum boshladi. Hujum oqibatida 1200 dan ortiq odam halok bo'ldi va 240 kishi garovga olindi. Bunga javoban Isroil harbiylari G'azo sektorida HAMASga qarshi operatsiya boshladi. Ayni paytda Isroil harbiylari G'azo sektorining qariyb 75 foizini nazorat qilmoqda.
G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, operatsiya davomida anklavda 61 mingdan ortiq odam halok bo'lgan, deb xabar berdi interfax.ru.









