Polsha Rossiya qiruvchi samolyotini tutib olganini e'lon qildi

    Polshaning MiG-29 qiruvchi samolyoti Rossiya samolyotini tutib oldi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosiniak-Kamish ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

    Mudofaa vazirining so'zlariga ko'ra, ushlangan samolyot razvedka samolyoti bo'lgan. U Boltiq dengizi ustidan uchib o'tgan, deb aniqlik kiritdi vazir. Kosiniak-Kamish voqeaning boshqa tafsilotlari haqida gapirmadi, deb xabar berdi gazeta.ru.