Sharbat qutisiga yashirib, olib chiqib ketilayotgan 3 mln rubl fosh etildi

    Toshkent viloyati “Farxod” chegara bojxona postida naqd xorijiy valyutani yashirincha olib chiqilishi toʻxtatib qolindi.

    Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, qoʻshni davlatga oʻtish uchun “Farxod” chegara bojxona postiga kirib kelgan fukaroning sumkasi tekshirilganida, sharbat qoʻtisiga xufyona yashirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan 3 mln Rossiya rubli aniqlandi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartiblarga koʻra jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi.