Olimlar 117 yoshli sutni aniqlab, uni zamonaviy sut bilan solishtirdi

    Ushbu qadimiy quruq sut "vaqt kapsulalari" deb nomlangan idish ichida bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra quruq sut kukuni bilan to‘ldirilgan idish 20-asr boshlarida ser E. Shakltonning Britaniya Antarktika ekspeditsiyasi davomida qit'aga olib.

    Tadqiqotga ko‘ra, sigir yetishtirish va qishloq xo‘jaligi amaliyotdagi yutuqlarga qaramay, zamonaviy sut 117 yoshli sut bilan farqlardan ko‘ra ko‘proq o‘xshashliklarga ega, deb xabar beradi EurekAlert.

    1907 yilda ishlab chiqarilgan sut bir asrdan ko'proq vaqt davomida muzlatilgan holda saqlangan. Ular Antarctic Heritage Trustni tiklash loyihasi doirasida Shackleton baza lagerida restavratsiya ishlari davomida topilgan.

    Kimyogar Skelte J. Anema ta'kidlaganidek, namunalar orasidagi farq 1 asr bo‘lsa ham, ularning asosiy tarkibiy qismlar o‘zgarmagan. U ikkala namunadagi mineral komponentlar taxminan bir xil ekanligini qo'shimcha qildi. Ammo 117 yoshli sut tarkibida ko‘proq temir, qo‘rg‘oshin va qalay borligi aniqlandi - bu mahsulot saqlanadigan idishning sifati bilan bog‘liq deya xulosa qilindi.

    Ma'lum bo‘lishicha zamonaviy sut kukuni yangi texnologiya asosida ishlab chiqarilayotganligi tufayli suvda oson erish qobiliyatiga ega.