21-aprel kuni Toshkent shahrining bir qator koʻchalarida avtomobillar harakati cheklanadi

    Joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent shahrida Xalqaro “BYD-Tashkent International Marathon” hamda “Yangi nafas” yugurish marafonlari oʻtkaziladi.

    Shu munosabat bilan 2024-yil 21-aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanishini maʼlum qilamiz:

    • Afrosiyob koʻchasi Islom Karimov shoh koʻchasi bilan chorrahasidan, Oybek koʻchasigacha;
    • Oybek koʻchasi Afrosiyob koʻchasi bilan chorrahasidan Nukus koʻchasi bilan chorraxasigacha;
    • Nukus koʻchasi Oybek koʻchasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan chorrahasigacha;
    • Abdulla Qodiriy Nukus koʻchasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar koʻchalari bilan kesishgan joyigacha;
    • Abdulla Qodiriy koʻchasi Qorasaroy va Zarqaynar koʻchalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz koʻchasi kesishgan chorrahasigacha;
    • Shahrisabz koʻchasi Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh koʻchasi bilan kesishgan joyigacha;
    • Afrosiyob koʻchasi Oybek koʻchasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh koʻchasi bilan chorrahasigacha;
    • Sharof Rashidov shoh koʻchasi Afrosiyob koʻchasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh koʻchasi bilan kesishgan chorraxasigacha;
    • Islom Karimov shoh koʻchasi Sharof Rashidov shoh koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahasigacha.

    Tirbandliklarning oldini olish maqsadida, haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanish soʻraldi.