Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga jalb qilingan chet el kontragentlari QQS, to‘lov manbaida foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Bunda ushbu imtiyoz chet el kontragentlari kreativ industriya sohasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etilganda qo‘llaniladi.