Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktyabrda qabul qilingan 596-son qarorida belgilangan.

Qarorga köra, yöl harakati qoidalarini buziş holatlarini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan tizimlar haydovçilarning transport vositasini boşqariş va yölovçilarni taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmasligini ham aniqlaşi mumkin.

Yangi tartibga köra, qoidabuzarlikni qayd etuvçi tizimlar aniqlangan holatlar haqidagi maʼlumotlarni «Maʼmuriy amaliyot» moduliga avtomatik ravişda uzatiş imkoniyatiga ega bölişi kerak.

Bunda quyidagi maʼlumotlar uzatiladi:

  • Metrologik qiyoslaş guvohnomasining raqami va amal qiliş muddati;
  • Qoidabuzarlik sodir etilgan sana va vaqt;
  • Qoidabuzarlik aniqlangan joyning koordinatalari.

Şuningdek, elektr energiyasi uzilgan taqdirda, tizim kamida 8 soat davomida işlaşini taʼminlaydigan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan bölişi lozim.

Qoidabuzarlikni qayd etiş jarayonida olingan fotosuratlar yuqori sifatli bölişi kerak.

Ularda haydovçining yuz körinişi va xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi aniq aks etişi talab qilinadi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.