Maʼlum qilinishicha, uchrashuv soat 22:00 da boshlanishi munosabati bilan poytaxtning turli hududlarida futbol muxlislari harakati sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. Shu bois yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish va jamoat transportining uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida metro poyezdlari harakati bir soatga uzaytiriladi.
Shunga koʻra, 23-iyun kuni Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga tungi soat 01:00 gacha xizmat koʻrsatadi.
Qoʻshimcha ish rejimi futbol muxlislarining uchrashuvdan soʻng oʻz manzillariga xavfsiz, qulay va tez yetib borishlari uchun tashkil etilmoqda.
Metropoliten maʼmuriyati yoʻlovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlarini hamda metro xizmatlaridan foydalanishda belgilangan xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻradi.
Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” jamoasi Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga boʻlajak uchrashuvda omad va muvaffaqiyat tilab, barcha muxlislarni jamoani birgalikda qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.