Prezidentimiz ushbu tadbir tadbirkorlar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini ochish, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Yevropa va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda. 

Har bir elchi o‘zi ishlayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb qilishi kerakligi qayd etildi. 

Forumda xorijlik hamkorlar bilan 2027-yil uchun eksport, turizm va migratsiya yo‘nalishlarida aniq kelishuvlarga erishish vazifasi qo‘yildi. 

Davlatimiz rahbari ish o‘rni topish bilan vazifa tugamasligini bildirdi. Elchilar hokimlar bilan birga fuqaroning ishga joylashishi va yangi muhitga ko‘nikishigacha bo‘lgan jarayon uchun mas’ul bo‘ladi.