Nomzodlardan o‘rta maxsus yoki kasb-hunar diplomi, 5 yillik mehnat staji hamda bakalavr diplomi yo‘qligi talab etiladi.
Tavsiyanoma asosida davlat OTMlariga alohida 500 ta kvota ajratiladi.
Arizalar 1 iyunga qadar qabul qilinadi.
Tavsiyanoma 3 yil muddatga beriladi va faqat bir marta o‘qishga kirish uchun amal qiladi.
Imtiyoz xorijiy, nodavlat va harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, arizalarni my.gov.uz platformasi orqali onlayn topshirish mumkin.