Xöş, bunday guruhlarda bolalarga kim taʼlim beradi, maşğulotlar qanday ötkaziladi va ota-onalar uçun bu xizmat bepulmi?
Taʼlim va ilm-fan vazirligi axborot xizmati bu kabi savollarga javob berdi.
Tayyorlov guruhlari qayerlarda oçiladi?
Bir yillik maktabga tayyorlov maşğulotlari boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Agar olis hududlarda boğça yoki maktab bölmasa, «Kelajak» markazlari, texnikumlar va boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham guruhlar oçilişi mumkin.
Hozirda 4 mingdan ortiq maktabning böş xonalarida tayyorlov guruhlari taşkil etilgan. Yaqin vaqtda yana 191 ta maktabda 246 ta guruh oçilişi rejalaştirilgan.
Bunda barça maktablar ham tayyorlov guruhlarini taşkil etavermaydi. Öquvçilar soni va sinflar koeffitsiyenti yuqori bölgan maktablarda bunday guruhlar oçilmaydi. Faqat böş joyi va zarur şaroiti mavjud taʼlim muassasalari tanlanadi.
Bolalarga kim dars beradi?
Tayyorlov guruhlarida maşğulotlarni oliy maʼlumotli pedagog-tarbiyaçilar yoki oliy taʼlim muassasalarining maktabgaça taʼlim yönalişida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalari olib boradi.
Bunda boğçaga qatnaydigan bola tayyorlov maşğulotlarini öşa boğçada, öz tarbiyaçisi bilan ötaydi. Maktab binosida taşkil etilgan guruh uçun esa alohida pedagog işga olinadi.
Maktabda işlab turgan öqituvçilar öz darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga jalb etilmaydi.
Guruhlar oçiladigan binolar qanday tekşiriladi?
Tayyorlov guruhlari uçun istalgan binodan foydalaniş mumkin emas. Ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, «Kelajak» markazlari, texnikumlar va madaniyat muassasalari ham belgilangan talablarga javob berişi kerak.
Bolalar uşbu binoga qabul qilinişidan oldin sanitariya xizmati, yonğin xavfsizligi xizmati va taʼlim boşqarmasi vakillari uni birgalikda közdan keçiradi.
Bunda xonaning isitilişi, yoritilişi, suv va hojatxona şaroiti, tomdan çakki ötmasligi kabi talablar tekşiriladi. Bino belgilangan meʼyorlarga javob bergan taqdirdagina reyestrga kiritilib, jihozlanadi va guruh oçişga ruxsat beriladi. Kamçiliklar aniqlansa, avval taʼmirlaş işlari amalga oşirilişi lozim.
Tayyorlov maşğulotlari uçun ota-onalar pul tölaydimi?
Davlat maktablari va boğçalarida bir yillik maktabga tayyorlov bepul amalga oşiriladi.
Ota-onalar farzandini nodavlat taʼlim taşkilotida tayyorlovdan ötkazişni tanlasa, bu xizmat şartnoma asosida pulli bölişi mumkin.
2026-yil 7-fevraldagi PF–19-son farmonga muvofiq, maktabgaça va umumiy örta taʼlim xizmatlarini körsatuvçi nodavlat taʼlim taşkilotlariga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini taşkil etişga ruxsat berilgan. Farzandini xususiy boğçada maktabga tayyorlovga jalb qiliş yoki qilmaslik ota-onalarning ixtiyorida.
Bolalarga qanday bilim va könikmalar beriladi?
Tayyorlov guruhlarida alohida dastur asosida taʼlim beriladi. Maşğulotlar öyin metodikasi orqali taşkil etilib, bolalarga dastlabki bilim va tuşunçalar singdiriladi.
Dastur jismoniy rivojlaniş va soğlom turmuş tarzi, nutq va muloqot, öqiş va yoziş könikmalari, biliş jarayonlari hamda ijodiy rivojlaniş kabi yönalişlarni qamrab oladi.
Muhimi, boğçadagi töliq guruh, qisqa muddatli guruh yoki maktabning böş sinfxonasida taşkil etilgan guruh bölişidan qatʼi nazar, barça bolalar uçun yagona taʼlim dasturi qöllaniladi.
Hozirda 6 yoşli bolalarning qançasi tayyorlovga jalb etilgan?
Keltirilgan maʼlumotlarga köra, hozirda mamlakatda 6 yoşli bolalarning 98 foizi — 726 921 nafari maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan.
Ularning:
- 489 172 nafari (66,2 foiz) boğçalarda;
- 19 910 nafari (2,7 foiz) qisqa muddatli guruhlarda;
- 2 836 nafari (0,4 foiz) mobil guruhlarda;
- 215 003 nafari (29,1 foiz) maktablarning böş sinfxonalarida tayyorgarlikdan ötmoqda.
Qamrovni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta qöşimça guruh va 20 mingga yaqin örin yaratiş zarurati mavjud. Bu bilan boğliq xarajatlar 2027-yilgi davlat byudjetiga kiritilişi nazarda tutilgan.
Yangi tartibdan qanday natija kutilmoqda?
Bir yillik maktabga tayyorlov tizimini takomillaştirişdan asosiy maqsad — barça bolalarga maktab taʼlimidan oldin bir xil boşlanğiç tayyorgarlik imkoniyatini yaratişdir.
Maʼlum qilinişiça, sönggi yetti yilda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov bilan qamrab oliş körsatkiçi 37 foizdan 98 foizga yetgan. Endi asosiy eʼtibor taʼlim sifati, pedagoglar salohiyati va tayyorlov dasturlarining boşlanğiç taʼlim bilan integratsiyasiga qaratiladi.
Qonunning maqsadi ham taʼlim uzluksizligini taʼminlaş va maktabga tayyorlov jarayonini xalqaro standartlarga moslaştirişdan iborat. Bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib, taʼlim dasturlari xalqaro talablar asosida takomillaştirib boriladi.
Taʼkidlanişiça, taʼlim dasturi ISCED-1 darajasi böyiça xalqaro akkreditatsiyadan ötganidan keyin Foundation bosqiçida öqişga ehtiyoj qolmaydi. Hozirda bunday tajriba Prezident maktablari va Beruniy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda yölga qöyilgan.