“Har bir badiiy asar, musiqa, qo‘shiq muallifga daromad keltirishi kerak. Lekin mualliflik huquqi to‘liq himoya qilinmas ekan, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatish holatlari to‘xtamaydi, – dedi davlatimiz rahbari.

Raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt juda tez rivojlanmoqda. Har bir asarning raqamli izinini yaratib, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligi qayd etildi. Mutasaddilarga mazkur masalaga aniq yechim topish va ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim qilish topshirildi.