Qayd etilishicha, ayrim hududlarda vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida boʻlib, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. 18–19 may kunlari ayrim hududlarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi, shuningdek, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻishi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi kutilmoqda. Momaqaldiroq kuzatilishi, sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Bugun kunduzi havo harorati 30–35 daraja atrofida boʻladi. Keyingi kunlarda esa harorat 25–28 darajadan 30–32 darajagacha oʻzgarib turishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahrida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati 33–35 daraja atrofida boʻladi.

19 may kuni poytaxtda kechasi va kun davomida vaqt-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 25–27 daraja boʻladi.

20 may kuni yogʻingarchilik kutilmayapti. Havo harorati kechasi 17–19 daraja, kunduzi 30–32 daraja atrofida boʻladi.

21–22 may kunlari esa poytaxtda yana qisqa muddatli yomgʻirlar va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechalari 15–20 daraja, kunduz kunlari 25–30 daraja atrofida saqlanib turadi.