Klub yangi mavsum oldidan oʻz logotipini yangiladi. Yangi logotipni yaratishda koʻk, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi koʻrinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.
Shuningdek, jamoa oʻz oʻyinlarini oʻtkazib keladigan “Sogʻlom avlod” stadioni nomi ham “Bobur Arena”ga almashtirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena” deb nomlash taklifi ilgari surilgan edi. Mazkur oʻzgarish orqali Farmonning ijrosi taʼminlandi.
Taʼkidlash kerak, dunyodagi koʻplab stadionlar tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Bunga Monakodagi Lui II stadioni, Istanbuldagi turk xalqining milliy qahramoni Mustafo Kamol Otaturk nomi berilgan Olimpiya stadioni yoki Grozniydagi Ahmad Qodirov sharafiga qayta nomlangan “Ahmat Arena”larni misol keltirish mumkin. Endi ular safiga Andijondagi “Bobur Arena” ham qoʻshildi.
Andijondagi “Sogʻlom avlod” stadioni nomi “Bobur Arena”ga oʻzgartirildi
2020-yilgi futbol mavsumida katta mashaqqatlar evaziga superligadagi oʻrnini saqlab qolgan “Andijon” klubida marketing borasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda jamoa matbuot xizmati.
Andijonda toʻqimachilik sanoatiga sunʼiy intellekt va dual taʼlim joriy etilmoqda
- Dunyo bo‘yicha qaysi davlatlar eng ko‘p neft import qilmoqda?
- Bolalar qachon va qaysi kasalliklarga qarshi emlanadi?
- Konstitutsiyaviy sud sud qarorisiz 48 soatdan ortiq maʼmuriy ushlab turishni Konstitutsiyaga zid deb topdi
- Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi
- Andijon xalqaro aeroporti rekonstruksiyasining ikkinchi bosqichi jadal davom etmoqda
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda