Klub yangi mavsum oldidan oʻz logotipini yangiladi. Yangi logotipni yaratishda koʻk, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi koʻrinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.
Shuningdek, jamoa oʻz oʻyinlarini oʻtkazib keladigan “Sogʻlom avlod” stadioni nomi ham “Bobur Arena”ga almashtirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena” deb nomlash taklifi ilgari surilgan edi. Mazkur oʻzgarish orqali Farmonning ijrosi taʼminlandi.
Taʼkidlash kerak, dunyodagi koʻplab stadionlar tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Bunga Monakodagi Lui II stadioni, Istanbuldagi turk xalqining milliy qahramoni Mustafo Kamol Otaturk nomi berilgan Olimpiya stadioni yoki Grozniydagi Ahmad Qodirov sharafiga qayta nomlangan “Ahmat Arena”larni misol keltirish mumkin. Endi ular safiga Andijondagi “Bobur Arena” ham qoʻshildi.
Andijondagi “Sogʻlom avlod” stadioni nomi “Bobur Arena”ga oʻzgartirildi
2020-yilgi futbol mavsumida katta mashaqqatlar evaziga superligadagi oʻrnini saqlab qolgan “Andijon” klubida marketing borasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda jamoa matbuot xizmati.
NASA Oyda doimiy baza qurilishini e’lon qildi
- Ucell — 30-yillik ishonch va 11 million hikoya
- Toshkentda 75 ming dollar evaziga AQSH vizasini vaʼda qilgan shaxs ushlandi
- Tojikiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
- Oʻzbekistonning ayrim hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi
- O‘zbekistonda o‘tgan yili 69,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- Transport sohasidagi loyihalarning borishi koʻrib chiqildi
- Yangi Oʻzbekistonni ayollari baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – eng ulugʻ maqsad
- O‘zbekiston yil boshida asosan qaysi davlatlar bilan savdo qildi?
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi