«Bobur arena»sida tashkil etilgan mahobatli tadbirda rekord sondagi — 20 ming nafar ishtirokchi bir vaqtning o‘zida ushbu raqsni yuksak mahorat bilan ijro etdi.

Mazkur tarixiy namoyish Andijon shahrining 2026 yilda "Turk dunyosining madaniy poytaxti" maqomi doirasida o‘tkazildi. Jarayonni bevosita kuzatib borgan Ginnes rekordlari tashkilotining rasmiy vakili tadbir barcha qatʼiy talablarqa to‘liq javob berganini tasdiqladi va jahon rekordini rasmán qayd etdi.

Ushbu yirik yutuq milliy madaniyatimizni xalqaro maydonda targ‘ib qilish va o‘zbek raqs maktabi nufuzini dunyo miqyosida mustahkamlashga xizmat qiladi.

Gulichehra Durdiyeva,
"Yangi O‘zbekiston" muxbiri