Viloyat FVB maʼlumotiga ko‘ra, 26 aprel kuni attraksionlardan birining temir konstruksiyasida nosozlik yuzaga kelib, zanjiri uzilib ketgan va qurilma qulab tushgan.
Oqibatda 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisadan so‘ng attraksion qismlari yerga sochilib yotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarda jabrlanganlar soni ko‘proq ekani aytilmoqda.
Hodisa sabablari bo‘yicha rasmiy maʼlumot hozircha ochiqlanmadi.