Bu haqda AQSh ommaviy axborot vositalari Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi, deb xabar berdi report.az.

"Cessna 150H samolyoti chorshanba kuni Karlisl aeroportida Pensilvaniya shtati politsiyasining Bell 407GX vertolyoti bilan to‘qnashdi. Vertolyot odatiy mashg‘ulot o‘tkazayotgan edi va uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndi. Cessna vertolyot qo‘nish uchun unga yaqinlashayotganida orqasidan urildi", deb ma’lum qildi FAA.