Bu haqda ABC Australia xabar berdi.
To‘rt kishilik Diamond DA42 samolyoti qo‘nishga urinayotganda angarga qulab tushdi. To‘qnashuv oqibatida katta yong‘in sodir bo‘ldi, u keyinchalik o‘chirildi.
Politsiya uchuvchi va yo‘lovchi halok bo‘lganini xabar qildi. Halokat paytida angarda bo‘lgan o‘n bir kishi jarohat oldi.
Tergovchilar va sud-tibbiy ekspertlar voqea joyida ishlamoqda.
Yong‘in angar ichidagi uchta samolyotga ham zarar yetkazdi. Yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun 57 o‘t o‘chiruvchi qatnashdi, deb xabar berdi report.az.