Hodisa 23 may kuni Sell-am-Ze shahri yaqinida sodir bo‘lgan: ayol tomonidan joylashtirilgan videoda samolyot orqadan yaqinlashayotgani, uning burni paraplanchiga tegib ketgani va parrak matoni yirtib tashlagani tasvirlangan.
Zarbadan so‘ng, sportchi qulay boshlagan, ammo zaxira parashyutini ishga tushirib, o‘rmon yo‘liga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Yerda u kameraga: “Men hali ham tirikman va bu eng muhimi”, degan.
Keyinroq, ayol “bir nechta jiddiy ko‘karishlar va lat yeyishlar” bilan qutulib qolganini va endi o‘sha kunni o‘zining “ikkinchi tug‘ilgan kuni” deb hisoblashini yozdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Cessnani ekskursiya parvozida bo‘lgan 28 yoshli Tirol fuqarosi boshqargan. U paraplanga chap bera olmaganini aytdi. Tergov tugallangandan so‘ng, materiallar Zalsburg prokuraturasiga o‘tkaziladi: uchuvchiga jismoniy xavfsizlikka tahdid solish ayblovi qo‘zg‘atilishi mumkin, bu esa uch oygacha qamoq jazosini nazarda tutadi, deb xabar berdi BILD.