Iqtidorli qalamkaş Javlon JOVLIYEV bilan adabiyotning bugungi hayotimizdagi örni, ijodiy erkinlik, kitobxonlik madaniyati va özgarayotgan Özbekistonda yozuvçining baxti nimalarda namoyon bölişi haqida suhbatlaşdik.
— Javlon aka, yozuvçining baxti haqida gap ketganda, odatda, uning asarlari öqilişi, xalq orasida tanilişi, mehnati eʼtirof etilişi nazarda tutiladi. Biroq adabiyot tarixida öz zamonasida qadr topmagan, jamiyat bilan murosaga kelolmagan ijodkorlar köp. Sizningça, yozuvçining baxti öz davri bilan hamnafas yaşaşidami yoki öşa davr anglab yetolmagan haqiqatlarni ayta olişida? Umuman, yozuvçining baxtini zamondoşlari töğri baholay oladimi?
— Avvalo, yozuvçi ham inson ekanini unutmaslik kerak. Biz baʼzan ijodkorni oddiy insoniy ehtiyojlardan, orzu-istaklardan xoli, faqat kelajak uçun yaşaydigan va yozadigan şaxs sifatida tasavvur qilamiz. Göyo uning taqdiri öz zamonasida tuşunilmaslik, qadr topmaslik, iztirob çekiş bilan boğliq bölişi şartdek. Holbuki, har qanday yozuvçi, şoir, musavvir, umuman, sanʼat odami mehnatining samarasini körişni, asarlari öqilişini, muxlislari qalbidan joy olişini istaydi. Bu — tabiiy insoniy ehtiyoj.
Ayni paytda öz zamonasida qadr topmaganini ijodkorning buyukligiga dalil qilib körsatiş ham töğri bölmaydi. Tarixda haqiqatan öz davridan ilgarilab ketgan, zamondoşlari anglab yetmagan haqiqatlarni badiiy kaşf etgan adiblar köp bölgan. Lekin har qanday tuşunilmaslik ortida buyuk isteʼdod yaşiringan degan xulosaga keliş ham xato. Ijodkorning adabiyotga qanday badiiy haqiqat olib kirgani asosiy mezondir. Adabiyot tarixiga nazar taşlasak, çin sanʼat asarlari hamişa insonning özi ifoda etolmagan keçinmalariga vosita bölib kelganini köramiz. Gomerning “Odisseya”sidan tortib, xalq dostonlarimizgaça, qadimgi yunon dramalaridan bugungi romanlarga qadar insonning dardu hasrati, qörquvi, muhabbati, orzusi, topgani va yöqotganlari, koinot, hayot, taqdir oldidagi ojizligi adabiyotning boş mavzularidan bölib kelgan. Ming yillar avval yaşagan odam bilan bugungi insonning turmuş tarzi, dunyo haqidagi tasavvuri, ijtimoiy munosabatlari örtasida ulkan farq bor. Şunga qaramay, biz qadimiy asarlarni öqiganda ham özimizga taniş tuyğularni uçratamiz. Çunki hayoti özgargani bilan insonning qalbida keçadigan ayrim ziddiyatlar, iztiroblar va savollar hamon yaşab kelmoqda.
Yozuvçi zamonasini tasvirlar ekan, faqat öşa davrda yuz bergan voqealarni qayd etiş bilan çeklanib qolmasligi kerak. U voqealarning inson taqdirida qoldirgan izini, jamiyat hayotida közga taşlanmayotgan ziddiyatlarni, odamlar hali töla anglab yetmagan xavotir va keçinmalarni his qila olişi zarur. Baʼzan jamiyat özi boşdan keçirayotgan jarayonning mohiyatini yillar ötgaç, tuşunadi. Yozuvçi esa öşa jarayonning inson qalbidagi aksini ança avval sezişi kerak.
Şu maʼnoda, ijodkorning jamiyat, xalq, davlat va siyosat bilan munosabati hamişa murakkab bölib kelgan. Çunki jamiyat köpinça özining bugungi ehtiyojlari, manfaatlari va qaraşlari bilan yaşaydi. Adabiyot esa öşa qaraşlarning özini ham söroq ostiga oladi. Odamlar odatlanib qolgan tartiblar, tabiiy deb qabul qilayotgan işlar, hatto özlari işonib kelgan haqiqatlar badiiy asarda boşqaça maʼno kasb etadi. Bu esa har doim ham hammaga birdek yoqavermaydi. Ayniqsa, yozuvçi jamiyatning özi tan olişni istamayotgan oğriqli jihatlarga murojaat qilganda, uning asari bilan zamondoşlari örtasida muayyan masofa paydo böladi.
Tirikligida öqiliş, qadrlaniş, asarlarining odamlar hayotiga daxldor bölayotganini köriş, şubhasiz, katta baxt. Biroq adabiyotning umri ijodkorning umridan uzoqroq böladi. Yozuvçi öz davriga qançalik çuqur kirib borsa, öşa davr orqali umuminsoniy haqiqatlarni qançalik teran ifodalay olsa, asari keyingi zamonlar bilan ham muloqotga kirişa oladi. Rost adabiyotning kuç-qudrati ana öşa — muayyan zamonda tuğilib, öşa zamonning çegaralaridan oşib öta olişida deb öylayman.
— Bugun davlat tomonidan ijodkorlarni moddiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu örinda bir masala qiziq: yozuvçining ijodiy mustaqilligi uning iqtisodiy mustaqilligiga qay darajada boğliq? Davlat kömagi, naşriyotlar faoliyati va adabiy bozor örtasida qanday munosabat şakllansa, ijodkor öz vijdoni va badiiy qaraşlariga sodiq qolgan holda yaşaşi mumkin?
— Bizda yozuvçining qiyinçilikda yaşaşi baʼzan uning taqdiriga xos holat sifatida qabul qilinadi. Hatto buni qandaydir romantizatsiya qiladiganlar ham bor. Göyo haqiqiy adabiyot faqat azob-uqubatda tuğilişi kerakdek. Albatta, iztirob insonni öylaş, hayotga boşqaça qaraşga majbur qiladi. Lekin ijodkorning qaşşoqligi bilan isteʼdodi örtasida heç qanday tabiiy boğliqlik yöq.
Men köplab ustoz yozuvçilarimizning qanday şaroitda yaşaganini körganman. Ular orasida adabiyotga umrini bağişlagan, yaxşi asarlar yaratgan, biroq kundalik tirikçilik taşvişlaridan qutulolmaganlar bor. Bunday holatni körib, yoşligimizda özimiz ham öylanardik: agar yozuvçilikni tanlasak, bizni ham şunday hayot kutyaptimi?
Şuning uçun yozuvçining iqtisodiy mustaqilligini adabiyotning kelajagi bilan boğliq masala deb bilaman. Ijodkorga şaroit yaratiş haqida gapirganimizda, aslida, uning hali yozilmagan asarlari uçun ham imkoniyat yaratişni nazarda tutamiz.
Bugun yangi Özbekistonda bu borada jiddiy özgarişlar bölayotganini körib turibmiz. Prezidentimizning adabiyot ahliga körsatayotgan eʼtiborini juda qadrlayman. Ayniqsa, keyingi yillardagi qarorlarida ijodkorni rağbatlantirişning aniq iqtisodiy mexanizmlari belgilanayotgani juda muhim.
Masalan, davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyundagi tegişli farmonida şoir va yozuvçilarga har yili kamida ellikta sara asar yaratiş uçun davlat buyurtmasi beriş, özbek adabiyotining önta eng yaxşi asarini xorijiy tillarga tarjima qiliş, naşr xarajatlarining bir qismini qoplaş nazarda tutilgan. Ilgari köproq yozilgan asarni qanday çop etiş, qanday taqdirlaş haqida öylagan bölsak, endi asarning yaratiliş jarayoniga ham eʼtibor qaratilyapti.
Bu jihatdan Irlandiyada ötkazilgan bir tajriba menga qiziq tuyuldi. U yerda 2022-yili davlat sanʼat va madaniyat sohasining 2000 vakiliga uç yil davomida haftasiga 325 yevrodan mablağ ajrata boşlagan. Yana 1000 iştirokçidan iborat nazorat guruhi şakllantirilgan. Maqsad şunçaki ijodkorlarga yordam beriş bölmagan. Davlat moliyaviy xotirjamlik ijodiy mehnatga qanday taʼsir qilişini tekşirib körgan. 2025-yilda eʼlon qilingan natijalarga köra, mablağ olgan iştirokçilar boşqa guruhdagilarga nisbatan haftasiga örtaça ön bir soat köp vaqtini ijodga ajratgan.
Irlandiya hukumati bu tajribadan keyin 2026-yili ijodkorlar uçun doimiy dastur joriy etişga qaror qildi. Mazkur tajribada esa ijodkorga hali qanday natijaga erişişi maʼlum bölmagan davr uçun ham işlaş imkoniyati berilgan. Birinçi usul aniq adabiy loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi. Ikkinçisi ijodning oldindan taxmin qilib bölmaydigan jihatini nazarda tutadi.
Har bir izlaniş muvaffaqiyatli asar bilan tugamasligi bor gap. Yozuvçi bir mavzu ustida yillab işlab, oxirida undan voz keçişi ham mumkin. Şuning uçun adabiyotni qöllab-quvvatlaşda tayyor natija bilan birga ijodiy jarayonning öziga ham eʼtibor beriş kerak.
Mamlakatimizdagi bugungi özgarişlarning qimmatli jihati şundaki, bunday imkoniyatlar uçun amaliy asos yaratilyapti. Yoşlar işlari agentligi huzuridagi Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş jamğarmasi orqali yoş yozuvçilarga grantlar ajratiş, asarlarini naşr ettiriş vazifalari belgilangan. Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi tomonidan öndan ortiq, mazkur jamğarma tomonidan öttizga yaqin badiiy asarga buyurtma berilgan. Men uçun, ayniqsa, ijodkorning mavzu tanlaş imkoniyati saqlanayotgani ahamiyatli.
Çunki yozuvçiga buyurtma beriş bilan unga qanday yozişni örgatiş örtasida katta farq bor. Davlat muayyan ijodiy loyihani moliyalaştirişi mumkin, lekin asarning badiiy haqiqati muallifning öziga tegişli bölişi kerak. Yozuvçi hayotni öz közi bilan körmasa, özini qiynayotgan savollarni berolmasa, asari qançalik puxta yozilmasin, unda samimiylik yetişmaydi. Menimça, ijodiy mustaqillikning eng muhim şarti şu.
Endi bu özgarişlar bilan birga kitob bozorining özi ham rivojlanişi kerak. Yozuvçi öz kitobining öqilişi, sotilişi, qayta naşr etilişi orqali daromad olişi zarur. Masalan, bir roman ön ming nusxada sotildi deylik. Bu yaxşi natija. Lekin şu muvaffaqiyatdan muallifning özi qançalik manfaat kördi? Naşriyot bilan tuzilgan şartnomada uning uluşi aniq belgilanganmi? Kitob qayta çop etilsa, yana gonorar oladimi? Elektron şaklda tarqatilsa-çi? Audiokitob qilib çiqarilsa-çi? Mana şu savollarga aniq javob bölişi kerak.
Buyuk Britaniyada 1979-yildan buyon amal qilayotgan bir tartib bor. U yerda mualliflar kitobi jamoat kutubxonalaridan foydalaniş uçun olingani asosida ham haq oladi. Buning uçun Public Lending Right tizimi işlaydi.
Bizda ham elektron kutubxonalar, audiokitob platformalari rivojlanyapti. Bu juda yaxşi. Endi mualliflik huquqlarining amalda qanday taʼminlanişiga jiddiy eʼtibor beriş zarur. Bugun biror yozuvçining kitobi ruxsatsiz PDF şaklida tarqalsa, minglab odamlar uni öqiydi. Muallif esa bundan heç qanday daromad olmaydi. Kitobning ommalaşgani yaxşi, albatta. Lekin asarni yaratayotgan insonning mehnati bepul resursga aylanib qolmasligi kerak. Men xususiy naşriyotlar faoliyatining kengayişini ham juda muhim deb bilaman. Çunki adabiyotda turli yönalişlar, turli didlar, turli avlodlar bor. Mustaqil naşriyotlar köpaysa, yozuvçi uçun tanlov imkoniyati kengayadi. Ular örtasida mualliflar, yaxşi qölyozmalar, kitobxonlar uçun raqobat paydo böladi.
— Bugun kitobxonlikni rivojlantiriş uçun turli tanlovlar, loyihalar, tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Siz ham “Mutolaa” loyihasi orqali bu jarayonning bevosita içidasiz. Şu tajribangizdan kelib çiqib aytsangiz: biz kitobxonlikni rivojlantirişda köproq kitob öqigan odamlar sonini oşirişga urinyapmizmi yoki öqiganini mustaqil tahlil qiladigan, asar bilan bahslaşa oladigan kitobxonni tarbiyalaşgami? Bu ikki maqsad örtasidagi tafovut amalda qay darajada sezilyapti?
— Bu savolga javob beriş uçun, avvalo, kitobning jamiyatimizdagi örni qanday özgarganiga qaraşimiz kerak. Bugun kitob öqiyotgan odamga munosabat bilan bizning bolaligimizdagi munosabat örtasida, şubhasiz, sezilarli farq bor. Esimda, biz öqib yurgan paytlarda kitobga qiziqqan, köp öqigan bolaga baʼzan ğalati qaralardi. “Botanikmisan?” degan gaplarni eşitardik. Göyo kitob öqiş odamni boşqalardan ajratib qöyadigan, hatto bir oz kulgili körsatadigan maşğulotdek qabul qilinardi. Hozir esa kitobxon bölişning özi muayyan ijtimoiy mavqega aylanib boryapti. Yoşlar öqigan kitoblari orqali nimagadir erişyapti, ular haqida gapiryapti, bir-biriga tavsiya qilyapti.
2017-yildan boşlab kitobxonlikni rağbatlantirişga davlat darajasida jiddiy eʼtibor qaratildi. Kitobxonlik tanlovlari, ğoliblarga avtomobillar va boşqa qimmatbaho sovğalar berilişi köpçilikning eʼtiborini tortdi. Avvaliga bunday usullarga turliça munosabat böldi. Kitob öqişning özi maʼnaviy ehtiyoj bölişi kerak, uni sovğa bilan rağbatlantiriş qançalik töğri degan savollar tuğildi. Men esa bu jarayonning ijtimoiy natijasiga qarayman. Kitobxonlik ommaviy eʼtibor markaziga çiqdi, kitob öqiydigan yoşlarning mehnati qadrlana boşladi. Şuning özi jamiyatdagi munosabatni özgartirişga xizmat qildi.
Baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda kitob bilan suratga tuşgan, uni öz sahifasida namoyiş etgan odamlar tanqid qilinadi. Göyo ular kitobni öqiş uçun olmagan, özini bilimli körsatişni istayapti. Men bunga unçalik keskin qaramayman. Mayli, kimdir kitob bilan suratga tuşsin, kimdir uni özining ijtimoiy qiyofasining bir qismiga aylantirsin. Muhimi, kitob odamlarning kundalik hayotida körina boşladi. Kitobga qiziqiş va ijobiy munosabatning ommalaşuvi ham keyingi jarayonlar uçun muayyan zamin hozirladi.
Kitobxonlikning şartli ravişda ikki bosqiçi bor desak böladi. Birinçisi — odamlarda mutolaa odatini şakllantiriş. Ikkinçisi — şu odat asosida adabiy did, tahlil madaniyati va mustaqil fikrlaşni rivojlantiriş. Birinçi bosqiçsiz ikkinçisi keng ijtimoiy hodisaga aylanişi qiyin. Çunki kitob öqimaydigan odamdan asar ustida bahs yuritişni talab qilolmaymiz. Avvalo, uni kitobga olib kelişimiz kerak. Keyin esa mutolaa uning hayotidan qanday örin egallayotganiga eʼtibor qaratiş mumkin.
Hozir texnologiyalar kitobxonlikning butunlay yangi şakllarini vujudga keltirdi. Ilgari kitobni topiş, sotib oliş, öqiş uçun alohida vaqt va şaroit kerak edi. Bugun esa odam yölda, işga ketayotganda, mehnat qilayotganda ham elektron kitob öqişi yoki audiokitob tinglaşi mumkin. “Mutolaa” loyihasining eng katta afzalliklaridan birini men şunda köraman. Kitob insonning qayerda yaşayotganiga, atrofida kitob dökoni yoki katta kutubxona bor-yöqligiga kamroq boğliq bölib boryapti. Loyiha qisqa muddatda katta auditoriyani qamrab oldi. Biz kitobxonlikni tarğib qilar ekanmiz, odamlardan faqat kitob öqişni talab qiliş bilan çeklanmasligimiz, ularga qulay vositalarni ham taklif etişimiz zarur.
Biroq raqamlar masalasida yana bir jihatni hisobga oliş kerak. Ilovadan foydalanuvçilar soni, oçilgan kitoblar miqdori va haqiqatan şakllangan mutolaa madaniyati bir xil körsatkiçlar emas. Masalan, odam bir kitobni yuklab olişi, bir neça sahifasini öqişi mumkin. Boşqa bir kitobxon esa asarni tugatgaç, qayta öqiydi, döstlari bilan muhokama qiladi, öziga yoqmagan fikrlarni ham tahlil qiladi. Ikkalasi ham statistikada kitobxon sifatida körinişi mumkin, ammo ularning mutolaa tajribasi turliça. Şuning uçun men keyingi bosqiçda kitob atrofida fikriy muhit şakllanişiga katta umid bilan qarayman. Kitob klublari, adabiy muhokamalar, mualliflar bilan oçiq suhbatlarni köpaytirişimiz zarur.
Menimça, haqiqiy kitobxonlik madaniyatining muhim belgilaridan biri ham şu: odam özi öqigan har bir fikrni tayyor haqiqat sifatida qabul qilmaslikni örganadi. Kitob unga boşqa insonning hayotini, boşqa davrni, öziga begona qaraşlarni tuşuniş imkonini beradi.
“Mutolaa” loyihasida kitobxonlarni özaro boğlaş, asarlar haqida fikr almaşiş imkoniyatini kengaytirişga qaratilgan işlar ham boşlangan. Buni loyihaning tabiiy davomi deb bilaman. Çunki kitob öqigan odam öz taassurotlarini kim bilandir örtoqlaşişni istaydi. Ana şu ehtiyoj atrofida ulkan adabiy muhit paydo böladi.
— Yozuvçi uçun eng oğir sinovlardan biri, ehtimol, öz asari bilan jamiyat örtasidagi masofani his qilişdir. Kitob minglab nusxada tarqalişi, muallif eʼtirof etilişi mumkin, biroq u kötargan muammolar saqlanib qolaveradi. Şunday vaziyatda yozuvçi öz mehnatining samarasini nimada köradi? Adabiyot insonni yoki jamiyatni özgartirişi şartmi? Nihoyat, bugungi Javlon Jovliyev uçun “yozuvçining baxti” degan tuşunçaning mazmuni ijodga endi kirib kelgan yillaridagidan qançalik özgargan?
— Insonning baxt haqidagi tasavvuri özi bilan birga ulğayib boradi. Bir paytlar baxt deb bilganingiz yillar ötib, siz uçun oddiy voqeaga aylanadi. Avval ahamiyat bermagan narsangizning qadrini esa keyinroq tuşunasiz. Yozuvçilikda ham şunday. Ijodga endi kirib kelgan paytingizdagi orzularingiz bilan bir neça kitob yozganingizdan keyingi öylaringiz bir xil bölmaydi.
Adabiyotning gözal jihati şundaki, siz bir asarni yozişga kirişganingizda uning oxirida özingiz qanday insonga aylanişingizni ham bilmaysiz. Asar ustida işlaş davomida köp narsa haqida qayta öylab körasiz. Baʼzan avval işongan fikringizga şubha bilan qaraysiz. Qahramoningizni tuşunişga harakat qilib, özingiz ham anglamagan tuyğularga duç kelasiz. Şu maʼnoda, yozuvçilik men uçun faqat kitob yaratiş jarayoni emas. Bu özimni, davrni, odamlarni, Vatanni va hayotni qayta-qayta anglaşga uriniş hamdir.
Siz adabiyot jamiyatni özgartira oladimi, deb söradingiz. Bu juda murakkab savol. Men biror roman yozib, uni öqigan odamlarning barçasi özgarib ketadi deb öylamayman. Hatto juda kuçli asar ham hammaga bir xil taʼsir qilmaydi. Kimdir undan öz hayotiga daxldor maʼno topadi, boşqa birov şunçaki qiziqarli voqeani öqiydi. Ajablanarli joyi yöq. Çunki kitobning öquvçiga taʼsiri uning hayotiy tajribasi, dunyoqaraşi, öşa paytdagi ruhiy holati bilan ham boğliq. Şuning uçun adabiyotning samarasini muayyan ijtimoiy muammo hal bölgani yoki hal bölmaganiga qarab baholaş qiyin. Masalan, adolatsizlik haqida qança asar yozilgan, ammo dunyoda adolatsizlik tugagani yöq. Uruş haqida buyuk romanlar yaratilgan, insoniyat esa uruş qilişda davom etyapti. Şunga qarab, adabiyotning keragi yöq ekan, degan xulosaga kelolmaymiz-ku. Adabiyotning insonga taʼsiri har doim ham darhol közga taşlanavermaydi.
Baxt haqida gapirsam, yozuvçining baxtini faqat öquvçilarning eʼtirofi bilan boğlab qöyiş ham biryoqlama xulosa böladi. Boisi, asarni tugatganingizdan keyin, odamlar uni yaxşi qabul qilgan taqdirda ham, içingizda qandaydir qoniqmaslik hissi qoladi. Menda doim şunday böladi. Kitobim çiqadi, öquvçilardan yaxşi fikrlar eşitaman, xursand bölaman. Keyin esa asarning ayrim joylarini eslab, boşqaçaroq yozişim mumkin edi deb öylayman. Qaysidir qahramonni çuqurroq oçiş, biror voqeani taʼsirliroq tasvirlaş, ayrim fikrlarni aniqroq ifodalaş mumkin bölgandek tuyuladi.
Tugallangan har bir asarimda men uçun şunday yengiliş hissi ham bor. Ijod jarayonida nimalarnidir topasiz, nimalarnidir yöqotasiz. Asar tugagaç, öşa yöqotilgan imkoniyatlar haqida ham öylaysiz. Bu holat baʼzan qiynaydi. Lekin men uni ijodkor uçun zarur tuyğu deb bilaman. Agar yozganlarimdan butunlay qoniqiş hosil qilsam, keyingi asarni yozişga ehtiyoj ham sezmagan bölarmidim, kim bilsin.
Yoşlikda baxtni köproq biror manzilga yetib boriş bilan boğlar ekansiz. Kitobim çiqsa, baxtli bölaman. Asarim öqilsa, baxtli bölaman. Meni tanişsa, baxtli bölaman. Keyin esa har bir manzildan söng yöl yana davom etişini tuşunasiz. Yozuvçilikda bir kuni hamma savolga javob topib, endi xotirjam yaşayman, deydigan nuqta yöq, şekilli. Çunki insonning özi ham, jamiyat ham, adabiyot ham tölqindek muntazam qalqib, bir kötarilib, bir tuşib boradi.
Bugun yurtimizda keçayotgan özgarişlarga qarab ham şu haqda öylayman. Men yoşligimda körgan, asarlarimda tasvirlaşga uringan hayotning ayrim manzaralari bugun özgargan. Bu jarayonning içida yaşab, uning quvonçini his qilişning özi katta baxt. Şu bilan birga, har qanday özgariş ijodkor oldiga yangi savollarni qöyadi. Keçagi muammolarning ayrimlari ortda qolar, odamlarning orzulari, ehtiyojlari, hayotga munosabati özgarar ekan, adabiyot ham ularni qaytadan anglaşga intiladi. Men uçun bu juda muhim. Çunki yozuvçi faqat özi bilgan, boşidan keçirgan hayotni takrorlab yozaversa, bir kuni özini takrorlaşdan nariga ötolmay qoladi. U özgarayotgan odamlarni ham tuşunişi, ularning yangi quvonçlari va yangi iztiroblarini ham his qila olişi kerak.
Yozuvçilikni özim uçun tugallangan bir muvaffaqiyat deb qabul qilolmayman. Hali yozişim kerak bölgan asarlar, anglaşim kerak bölgan insonlar, taqdirlar, javob izlaşim şart bölgan savollar köp. Ehtimol, bugun mamlakatimizda ulğayayotgan bir bolaning hayoti mening bolaligimdan ança farq qilar. Uning orzulari ham, dunyoqaraşi ham boşqaçadir. Öşa bolaning hayotini ham tuşuna oladigan, uning davri haqida ham rost yoza oladigan yozuvçi bölib qolişni istayman.
Balki şuning uçun ham ijodkorning baxtida doim bir oz bezovtalik böladi. U erişganlaridan quvonadi, ammo özi hali erişa olmagan imkoniyatlarni ham his qilib turadi. Men uçun eng quvonarlisi — bugun özim ham, yurtim ham keçagi orzularimiz bilan çeklanib qolmayapmiz. Oldimizda hali köp yöl bor. Şu yölda mening ham yozadigan kitoblarim, aytadigan gaplarim borligiga işonaman, umid qilaman.
Yozuvçining çin baxti — umid.
— Mazmunli suhbat uçun taşakkur!
“Yangi Özbekiston” muxbiri
Azizbek YUSUPOV suhbatlaşdi.