Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror ilovasida belgilangan O‘zbekistonda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish taqiqlanadi. Bunda:
ushbu cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish, shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi;
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda ov qilish taqiqlangan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan kvota ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 1-yanvarga qadar respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar har yili jami 15 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan ro‘yxat asosida chavoqlantiriladi.