Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shartnoma klub direktorlar kengashi aʼzosi Ahmad Al-Jabriy ishtirokida imzolangan. U oʻzbekistonlik futbolchini jamoada kutib olib, faoliyatining yangi bosqichida unga muvaffaqiyat tilagan.

Gʻaniyev BAAning ADNOC Pro League chempionatida ishtirok etish tajribasiga ega. U shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Yarim himoyachining avvalgi klubi “Shabab Al-Ahli” boʻlgan. Jamoa 2025/26-yilgi mavsumda ADNOC Pro League chempioni boʻldi. Gʻaniyev klub tarkibida ichki musobaqalarda ham bir qator yutuqlarga erishgan.

“Baniyas” klubida Gʻaniyevning tajribasi va oʻyindagi sifatlari jamoa tarkibini kuchaytirish hamda kelasi mavsumda belgilangan maqsadlarga erishishga yordam berishiga umid qilinmoqda.