So‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va ko‘plab sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri elchi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, uning mas’uliyatli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.