Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro B.Sh.ning (muqaddam JKning 186-3-moddasi bilan sudlangan) “Nurli yo‘l” MFY hududidagi xonadonida umumiy bahosi 181 mln so‘mlik 3 873 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Qorao‘zak tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro G.S. (muqaddam JKning 251-1-moddasi bilan sudlangan) 120 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.