Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-iyuldagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashi mamlakatimizda oʻz mehnati, obroʻ-eʼtibori bilan jamoadoshlari, mahalladoshlari orasida hurmat-ehtiromga ega bir guruh zamondoshlarimizni “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab keladi.

“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan barcha vatandoshlarimizni chin dildan qutlaymiz!

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF–4906-son Farmoni hamda 2017-yil 14-iyuldagi PQ–3133-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga koʻra, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarda koʻp yillar halol va samarali mehnat qilgan, shuningdek, oila mustahkamligi, yosh avlod tarbiyasi va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishga munosib hissa qoʻshgan bir guruh yurtdoshlar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Qarorda taqdirlash marosimini tantanali tarzda tashkil etish, unda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokini taʼminlash, shuningdek, tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha masʼul idoralarga tegishli vazifalar yuklatilgan.

Shuningdek, “Nuroniy” gazetasining maxsus sonida “Mehnat faxriysi — 2026” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning toʻliq roʻyxatini eʼlon qilish, qaror matnini esa qator respublika nashrlarining elektron platformalarida chop etish tavsiya etilgan.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi zimmasiga yuklatilgan.

“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan barcha vatandoshlarimizni chin dildan qutlaymiz!