Jumladan, bugun O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning 1200 nafardan ortiq ishchi-xodimi emlanishning birinchi bosqichini to'liq muvaffaqiyatli yakunladi.
Qayd etish joizki, yurtimizda kasallikka qarshi vaktsinatsiya jarayonini to'laqonli tashkil etishda hech qanday muammo uchragani yo'q. eng muhimi, mavjud vaktsinalar to'liq tekshiruvdan o'tgan.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi barcha iste'molchilardan ijtimoiy tarmoqlardagi asoslanmagan, yolg'on ma'lumotlarga ishonmay, tibbiyot xodimlari tomonidan vaktsina olish tavsiya etilgan mazkur jarayonda faol qatnashishga chaqiradi, deyiladi federatsiya matbuot xizmati xabarida.
Bir kunda federatsiyaning 1200 nafardan ortiq ishchi-xodimi emlandi
Hozir mamlakatimiz aholisini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash muhim jarayon sanaladi. CHunki ijtimoiy immunitet shakllanishi kasallikka qarshi kurashishda bosh omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bu borada O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari bilan faol ishtirok etyapti.
Pokistonda poyezdning portlashi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Madina Muxtorova disk uloqtirish dasturi bahslarida Jahon rekordini yangiladi!
- Saida Mirziyoyeva Marko Rubio va Serjio Gor bilan Nyu-Dehlida uchrashdi
- Farg‘onada Koreya tajribasi asosida zamonaviy tibbiyot markazi tashkil etiladi