Shu davrda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini 25 gigavattga, ularning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushini 54 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda.

Jizzax viloyatida tashkil etilayotgan Atom sanoati maxsus sanoat zonasida 15 ta yoʻnalishda mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu mahsulotlar Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida barpo etiladigan atom elektr stansiyalari ehtiyojlariga ham yoʻnaltiriladi.

Shu maʼnoda, davlatimiz rahbari turk kompaniyalarini togʻ-kon sanoati, mineral resurslarni chuqur qayta ishlash va "yashil" energetikada yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga taklif qildi.

Oʻzbekiston – Turkiya iqtisodiy hamkorligining ustuvor yoʻnalishlaridan biri elektrotexnika sanoatidagi kooperatsiyani kengaytirishdir.

2030-yilga qadar mamlakatimizda ushbu tarmoq eksportini 5 milliard dollarga yetkazish va 11,6 milliard dollar investitsiya jalb qilish maqsad qilingan.

Turkiya kompaniyalari misni chuqur qayta ishlash, elektronika, transformatorlar, maishiy texnika va elektr uskunalari ishlab chiqarishda oʻzbekistonlik korxonalar bilan qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyishga taklif etildi.