Garchi hujjatlarga ko‘ra jo‘natmada sog‘lomlashtiruvchi biologik faol qo‘shimchalar yuborilgani qayd etilgan bo‘lsa-da, aslida 400 ta kanvalyutadagi jami 6000 dona kapsula tarkibida “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi aniqlandi.
Markaziy bojxona laboratoriyasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur kapsulalar tarkibidagi pregebalinning jami miqdori 1,8 kg.ni tashkil qildi.
Vaholanki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra pregabalinning atigi 10 grammi ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kompleksning Kontrabandaga qarshi kurashishi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur jo‘natmani qabul qilib olayotgan shaxs ham qo‘lga olindi.
Respublikamiz bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 140 kg.ga yaqin psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning bojxona chegaralari orqali yashirin olib o‘tilishi va ichki hududdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishgan.