Oldindan kuzatuvga olingan shaxsning yashash xonadoni ko'zdan kechirilganida har biri 2 000 so‘mlik jami 1 516 dona qalbaki banknota va bir dona rangli printer aniqlandi. Qalbaki banknotalarning umumiy nominal qiymati 3 million 32 ming so‘mni tashkil etadi.

Faqatgina bu emas, xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida og‘irligi 284,71 gramm "marixuana"ga o‘xshash modda, shuningdek, parvarishlab kelingan 7 tup "kannabis" o‘simligi ham topildi.

Eslatib o'tamiz, qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish moliya tizimi xavfsizligiga tahdid solsa, giyohvandlik vositalarini yetishtirish va saqlash aholi salomatligi hamda jamiyat xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.